Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali Rasmiy sayt
http://aids-center.uz/welcome
Telegram: t.me/RepublicanAIDScenter
Murojaat uchun:
71/276-93-25
95/036-93-25

Jizzaxda zamonaviy OITSga qarshi kurashish markazi qurilishi jadal davom etmoqda...Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizma...
20/08/2026

Jizzaxda zamonaviy OITSga qarshi kurashish markazi qurilishi jadal davom etmoqda...

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazi uchun zamonaviy bino qurilishi izchil davom etmoqda.

Yangi binoda poliklinika, zamonaviy laboratoriyalar, ma'muriy bo‘limlar, lift, ichki sanitariya-gigiyena xonalari hamda eng so‘nggi talablarga javob beradigan tibbiy infratuzilma tashkil etiladi.

Mazkur loyiha foydalanishga topshirilgach, viloyat aholisiga zamonaviy, qulay va xalqaro standartlarga mos tibbiy-profilaktik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari yanada kengayadi.

19/08/2026

DIQQAT, BEPUL TIBBIY TEKShIRUV!

Hurmatli Xatirchi tumani aholisi!

2026 yil 17–22 avgust kunlari Respublika OITSga qarshi kurashish markazining mobil davolash-profilaktika kompleksi Xatirchi tumani Markaziy shifoxonasi hududida aholiga mutlaqo bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika OITSga qarshi kurashish markazi tomonidan Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha doirasida tashkil etilgan.

Bepul o‘tkaziladigan tekshiruvlar:
🩸 OITS (VICh) infeksiyasi
🩸 RW (zahm) tahlili
🩸 Virusli gepatit B
🩸 Virusli gepatit С
🩸 Boshqa yuqumli kasalliklar bo‘yicha tekshiruvlar

Tekshiruvlar qon tahlili olish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy maslahatlar beriladi va zaruratga ko‘ra qo‘shimcha tekshiruv hamda davolanishga yo‘naltirish ishlari olib borilmoqda.

🗓 Sana: 2026 yil 17–22 avgust
⏰ Vaqti: har kuni soat 09:00 dan boshlab
🚑 Manzil: Xatirchi tumani Markaziy shifoxonasi

✅ Salomatligingizga befarq bo‘lmang!

Barcha fuqarolarni bepul tibbiy tekshiruvlarda ishtirok etishga taklif etamiz.

19/08/2026

Respublika OITSga qarshi kurash markazida OIVga qarshi kurashish, profilaktikani kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatidan videolavha.

OIVga qarshi kurash: milliy yondashuv va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichiRespublika OITSga qarshi kurash markazida “...
14/08/2026

OIVga qarshi kurash: milliy yondashuv va xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

Respublika OITSga qarshi kurash markazida “O‘zbekistonda OIVga qarshi kilurashish borasida milliy chora-tadbirlar: bugungi holat, dasturlar barqarorligi va keyingi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori B. Igamberdiyev ochib, OIV infeksiyasiga qarshi kurash tizimini yanada rivojlantirish, profilaktika va aholining xabardorligini oshirish borasida oldinda turgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Ayniqsa, sohada milliy kontentni rivojlantirish, aholiga OIVning oldini olish, erta aniqlash va davolash imkoniyatlari haqida sodda, ishonchli va tushunarli axborot yetkazish, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbatida OIV infeksiyasiga qarshi kurash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar, xalqaro hamkorlar bilan mavjud aloqalar hamda ularni kelgusida yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Global jamg‘armaga yangi ariza tayyorlash, dasturlar barqarorligini ta’minlash va keyingi bosqichdagi hamkorlik ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

Muhokamalarda davlat tashkilotlari, xalqaro hamkorlar va fuqarolik jamiyati institutlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari OIVga qarshi kurash samaradorligini oshirishda muhim omil ekani qayd etildi.

Tadbir yakunida sohani rivojlantirish, profilaktik ishlarni kuchaytirish, milliy axborot resurslarini boyitish hamda OIVga qarshi kurash bo‘yicha milliy yondashuvni yanada takomillashtirishga qaratilgan qator taklif va vazifalar belgilab olindi.

ДИҚҚАТ, БЕПУЛ ТИББИЙ ТЕКШИРУВ!Ҳурматли Каттақўрғон тумани аҳолиси!2026 йил 5–8 август кунлари Республика ОИТСга қарши ку...
11/08/2026

ДИҚҚАТ, БЕПУЛ ТИББИЙ ТЕКШИРУВ!

Ҳурматли Каттақўрғон тумани аҳолиси!

2026 йил 5–8 август кунлари Республика ОИТСга қарши курашиш марказининг мобил даволаш-профилактика комплекси Каттақўрғон тумани Марказий шифохонаси ҳудудида аҳолига мутлақо бепул тиббий хизмат кўрсатади.

Тадбир Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Республика ОИТСга қарши курашиш маркази томонидан Россия Федерацияси билан ҳамкорликда амалга оширилаётган қўшма лойиҳа доирасида ташкил этилмоқда.

Бепул ўтказиладиган текширувлар:
🩸 ОИТС (ВИЧ) инфекцияси
🩸 RW (заҳм) таҳлили
🩸 Вирусли гепатит В
🩸 Вирусли гепатит С
🩸 Бошқа юқумли касалликлар бўйича текширувлар

Текширувлар қон таҳлили олиш орқали амалга оширилади. Шунингдек, малакали мутахассислар томонидан тиббий маслаҳатлар берилади ва заруратга кўра қўшимча текширув ҳамда даволанишга йўналтириш ишлари олиб борилади.

📅 Сана: 2026 йил 5–8 август
🕘 Вақти: ҳар куни соат 09:00 дан бошлаб
📍 Манзил: Каттақўрғон тумани Марказий шифохонаси

Саломатлигингизга бефарқ бўлманг!

Барча фуқароларни бепул тиббий текширувларда иштирок этишга таклиф этамиз.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi...Yig‘ilishda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yic...
09/08/2026

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi...

Yig‘ilishda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, skrining tekshiruvlari natijalari, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining 64-son buyrug‘i asosida davolash-pediatriya muassasalarida olib borilayotgan faoliyat va mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.

ЗАПРОС НА ВЫРАЖЕНИЕ ЗАИНТЕРЕСОВАННОСТИ(ОТБОР ПОЛУЧАТЕЛЕЙ СУБ-ГРАНТА — УСЛУГИ ПО ОКАЗАНИЮ МЕДИЦИНСКОЙ И ПСИХОСОЦИАЛЬНОЙ П...
04/08/2026

ЗАПРОС НА ВЫРАЖЕНИЕ ЗАИНТЕРЕСОВАННОСТИ

(ОТБОР ПОЛУЧАТЕЛЕЙ СУБ-ГРАНТА — УСЛУГИ ПО ОКАЗАНИЮ МЕДИЦИНСКОЙ И ПСИХОСОЦИАЛЬНОЙ ПОДДЕРЖКИ ЛЮДЯМ, ЖИВУЩИМ С ВИЧ)

Программа «Усиление деятельности для достижения целей 90-90-90 и STOP-TB в Республике Узбекистан с особым вниманием к наиболее уязвимым группам населения»

в рамках гранта Глобального фонда для борьбы со СПИДом, туберкулёзом и малярией
(UZB-C-RAC-4339)

Подробно:
👉🏻 https://t.me/RepublicanAIDScenter/2520

Республиканский центр по борьбе со СПИДом
при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан
Группа реализации программы
Адрес: г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Фарход, 12
Тел.: (+998 97) 444-67-97
Тел.: (+998 97) 775-24-24
E-mail: [email protected]

QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO‘ROV(Sub-grant oluvchilarni tanlash — OIV bilan yashovchi shaxslarga tibbiy va psixososial yo...
04/08/2026

QIZIQISH BILDIRISH UCHUN SO‘ROV

(Sub-grant oluvchilarni tanlash — OIV bilan yashovchi shaxslarga tibbiy va psixososial yordam ko‘rsatish xizmatlari)

“O‘zbekiston Respublikasida aholining zaif guruhlariga alohida e’tibor qaratgan holda 90-90-90 va STOP-TB maqsadlariga erishish bo‘yicha faoliyatni kuchaytirish” dasturi

OITS, sil va bezgakka qarshi kurashish bo‘yicha Global jamg‘arma granti doirasida
(UZB-C-RAC-4339)

👉🏻 Batafsil:
https://t.me/RepublicanAIDScenter/2519

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika OITSga qarshi kurash markazi
Dasturni amalga oshirish guruhi
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Farhod ko‘chasi, 12-uy
Tel.: (+998 97) 444-67-97
Tel.: (+998 97) 775-24-24
E-mail: [email protected]

Milliy qadriyatVatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat "Oqila ayollar" xarakati aʼzolari, ...
03/08/2026

Milliy qadriyat

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyat "Oqila ayollar" xarakati aʼzolari, OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassisi tomonidan "Qadriyatlarni qadrlagan yurt - qudratli bo‘lur " shiori ostida ma'naviy- ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda milliy taomlar, liboslar ko‘rgazmasi bilan bir qatorda momolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf -odatlar, kuy-qo‘shiqlar ijrosi barcha ishtirokchilar qalbiga cheksiz iftixor va quvonch bag‘ishladi.

Ta'kidlash joizki, milliy qadriyatlar -xalqning ma,naviy tayanchi, millatning o‘zligini saqlab turadigan beqiyos boylikdir. Ana shu muqaddas merosni asrab - avaylash, uni yosh avlod qalbiga singdirish xar birimiz uchun nafaqat burch, balki kelajak oldidagi mas'uliyatdir.

Jizzax viloyat OITS markazi axborot xizmati.

Address

16 Daha, Farhod Ko‘chasi, 12-uy
Chilanzar

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Respublika OITSga qarshi kurashish markazi - rasmiy kanali posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share