Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining rasmiy sahifasi

20/08/2026

Senat raisi T. Narbayeva tomonidan mahallalarda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ushbu toifadagi oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, mahallaning ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash hamda mahalliy Kengashlar deputatlarining bu boradagi ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📑 BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati P. Allomov tomonidan o‘ziga ...
10/08/2026

📑 BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati P. Allomov tomonidan o‘ziga biriktirilgan Xiva tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tashkilot mas’ullari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni birgalikda hal etish hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan amaliy fikr almashildi.

📌 Hamkorlikda olib borilgan o‘rganishlar belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va hududni barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi.

10/08/2026
📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH O‘TKAZILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi kotibi...
10/08/2026

📌 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. S. Masharipov tomonidan Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Shayx Najmiddin Kubro” mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish va ta’mirlash ishlari uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish zarurati, obyektdagi mavjud holat hamda bajarilishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiqligi, loyiha-smeta hujjatlari, amalga oshiriladigan ishlarning hajmi va ularning mahalla aholisi uchun ahamiyati yuzasidan tegishli mutaxassislar bilan fikr almashildi.

📍 O‘rganish natijalari asosida masalani navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi hamda mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌟 Har bir budjet mablag‘i puxta o‘rganish va tahlil asosida yo‘naltirilishi — hududlarni rivojlantirish hamda aholiga munosib sharoit yaratishning muhim omilidir.

📑 KENGASH QARORI IJROSI YUZASIDAN AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati,kotibiyati ...
10/08/2026

📑 KENGASH QARORI IJROSI YUZASIDAN AMALIY O‘RGANISH OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati,kotibiyati mudiri O. S. Masharipov tomonidan Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashining 2026-yil 4-iyundagi VII-27-48-12-176-K/26-sonli “Xiva tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari tarkibida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning bajarilish holati, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqini sotishdan tushgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va ulardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mazkur mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning ijro darajasi, belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 O‘rganish yakunida Kengash qarori ijrosini yanada samarali tashkil etish, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌟 Kengash qarorlarining sifatli ijrosi va budjet mablag‘laridan samarali foydalanish — hududlarni kompleks rivojlantirishning muhim omilidir.

🏛️ BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputa...
10/08/2026

🏛️ BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O. V. Masharipov tomonidan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan Gandimyon mahallasidagi “Bektemir bobo” qabristoni hududini devor bilan o‘rash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur loyiha uchun ajratilishi rejalashtirilayotgan budjet mablag‘larining maqsadli yo‘naltirilishi, qurilish ishlarining zarurati, loyiha holati hamda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qabriston hududini obodonlashtirish, xavfsizligini ta’minlash va saqlashga qaratilgan chora-tadbirlar, qurilish ishlarining sifatli hamda belgilangan talablar asosida bajarilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

📌 O‘rganish yakunida budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish hamda loyiha ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🌟 Budjet mablag‘larining shaffof va maqsadli sarflanishi — hududlarni obodonlashtirish va jamoat manfaatlarini ta’minlashning muhim kafolatidir.

💧 SUV TA’MINOTI SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan o‘zig...
10/08/2026

💧 SUV TA’MINOTI SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan o‘ziga biriktirilgan tuman suv yetkazib berish xizmati muassasasi bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududlarda aholini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash, suv yetkazib berish tizimining amaldagi holati, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammo va ehtiyojlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan muloqot qilinib, suv ta’minoti tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmatlar sifatini oshirish va fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish masalalari muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, aholini sifatli va uzluksiz suv bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🌟 Sifatli va barqaror suv ta’minoti — aholi farovonligi hamda hududlar rivojining muhim omilidir.

🏘️ AVAZ DUNAK MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan Ava...
10/08/2026

🏘️ AVAZ DUNAK MAHALLASIDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati O‘. Matmuratov tomonidan Avaz Dunak mahallasi hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolar va mavjud masalalarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Mahalladagi mavjud shart-sharoitlar, infratuzilma, obodonlashtirish ishlari hamda aholi turmushiga ta’sir etayotgan dolzarb masalalar joyida ko‘zdan kechirildi.

📌 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralarni belgilash hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

🌟 Aholi bilan yuzma-yuz muloqot — muammolarni joyida aniqlash va ularga manzilli yechim topishning muhim omilidir.

🏘️ SHAYX NAJMIDDIN KUBRO MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F. Yusupov...
10/08/2026

🏘️ SHAYX NAJMIDDIN KUBRO MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F. Yusupov tomonidan Shayx Najmiddin Kubro mahallasi hududida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda mavjud masalalarni aniqlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Hududdagi mavjud shart-sharoitlar, obodonlashtirish, ichki yo‘llar va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar joyida ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, ularning yechimiga qaratilgan amaliy choralarni belgilash hamda fuqarolar murojaatlarining ijrosini nazoratga olish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

📌 Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish va ularning ijobiy yechimiga erishish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

🌟 Xalq bilan bevosita muloqot — muammolarni joyida anglash va ularni hal etish sari tashlangan muhim qadamdir.

🎭 MADANIYAT SOHASIDAGI QONUN TALABLARI O‘RGANILDIXalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F. Yusupov tomonidan Najm...
10/08/2026

🎭 MADANIYAT SOHASIDAGI QONUN TALABLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F. Yusupov tomonidan Najmiddin Kubro mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-668-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur Qonunda belgilangan talablarning hududdagi ijro holati, madaniy faoliyatni rivojlantirish, madaniyat tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda aholining madaniy hayotdagi ishtirokini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, madaniyat sohasida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qonun talablarining to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

📌 O‘rganish yakunida Qonun talablarining amaldagi ijrosi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish hamda madaniy sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

🌟 Madaniyat — xalqning ma’naviy boyligi, qonun talablariga rioya etish esa ushbu boylikni asrash va rivojlantirishning muhim omilidir.

Address

Khiva

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Xalq deputatlari Xiva tuman Kengashi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share