Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi Sog‘lom jamiyat uchun zamonaviy ta'lim!

20/07/2026

Xalqaro e'tirof — texnikumimiz pedagogi Germaniyada malaka oshirmoqda!

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Chinmirzayeva Sadoqat Rahmonqulovna Kasbiy ta’lim agentligi, Migratsiya agentligi hamda Shveysariyaning “GLOBOGATE concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan Germaniya tibbiyot akademiyasi (GMA)ning “Train the Trainer (TTT)” xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.

Dastur Germaniyaning Rostok universiteti klinikasida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi "Hamshiralik ishi" yo‘nalishida xalqaro standartlarga mos mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirishdan iborat.

Dastur davomida ishtirokchilar zamonaviy o‘qitish metodikalari, ilg‘or didaktik yondashuvlar hamda amaliy tajribalarni o‘zlashtirib, kelgusida yurtimiz kasbiy ta’lim tizimida trener sifatida faoliyat yuritadilar.

Texnikumimiz jamoasi nomidan Chinmirzayeva Sadoqat Rahmonqulovnaga ushbu nufuzli xalqaro dasturda muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ishonamizki, orttirilgan bilim va tajribalar ta'lim sifatini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shadi.

BITIRUVCHI – 2026Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi talabalarga diplom topshiris...
17/07/2026

BITIRUVCHI – 2026

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchi talabalarga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar topshirilib, ularning mehnati va erishgan yutuqlari e'tirof etildi. Ushbu quvonchli lahzalar ularga ezgu tilaklar, ulkan ishonch va porloq kelajak sari yangi qadam bo‘ldi.

Marosimda texnikum rahbariyati, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi, faol va namunali talabalar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir davomida bitiruvchilarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning kelgusidagi o‘qish va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilandi. Bitiruvchilar esa ustozlari va ota-onalariga chuqur minnatdorlik izhor etdilar.

Barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklaymiz! Kelgusi hayot yo‘lingiz doimo omad, zafar va yuksak marralar bilan bezansin!

"Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi26-iyun — Xalqaro giyohvandlik va narkotik moddal...
28/06/2026

"Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26-iyun — Xalqaro giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimining o‘rinbosari J. Xo‘jayev, Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J. Kalandarov, Ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologi T. Sharopov, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh. Qodirov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi J. Jumayev hamda texnikum direktori V. Ergashev ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida giyohvandlik va narkotik moddalarning salbiy oqibatlari, yoshlarni zararli odatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda mustahkam hayotiy pozitsiyani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Sog‘lom turmush tarzi — baxtli kelajak garovi. Keling, giyohvandlikka birgalikda "Yo‘q!" deylik!

Bugun 23-may — Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori, tibbiyot fanlari doktori, dotsen...
22/05/2026

Bugun 23-may — Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori, tibbiyot fanlari doktori, dotsent Ergashev Vali Alimovichning tavallud ayyomi.

Hurmatli Vali Alimovich!
Sizni ushbu qutlug‘ ayyom — tavallud kuningiz bilan texnikum ma’muriyati, pedagog-xodimlari hamda o‘quvchilari nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt va xotirjamlik tilaymiz. Ta’lim va tibbiyot sohasidagi fidokorona mehnatingiz, bilim va tajribangiz bilan yosh avlod tarbiyasiga qo‘shayotgan ulkan hissangiz bardavom bo‘lsin.
Rahbarlik faoliyatingizda doimo yuksak marralar, katta muvaffaqiyatlar va xalq hurmatiga sazovor bo‘lib yurishingizni tilab qolamiz. Yangi yoshingiz sizga yangi zafarlar, cheksiz quvonch va omad olib kelsin!

🎁 Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Texnikumimiz xalqaro maydonda munosib e’tirof etildiHamkorlik memorandumiga muvofiq Belarus Respublikasining Vitebsk dav...
22/05/2026

Texnikumimiz xalqaro maydonda munosib e’tirof etildi

Hamkorlik memorandumiga muvofiq Belarus Respublikasining Vitebsk davlat tibbiyot kolleji tomonidan tashkil etilgan xalqaro onlayn olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari munosib ishtirok etdilar.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra, o‘quvchimiz Qurbonova Sevinch III darajali diplom bilan, Ilhomova Fotima hamda Seytvelshayeva Dilyara esa sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, o‘quvchilarni xalqaro olimpiada sinovlariga puxta tayyorlagan texnikum direktori V.A. Ergashev hamda kafedra mudiri S.R. Chinmirzayevalar minnatdorchilik maktubiga sazovor bo‘ldilar.

Ushbu yutuq bilan barcha ustoz va o‘quvchilarimizni samimiy muborakbod etamiz. Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!

14/05/2026

“Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan “Kasblar festivali” bo‘lib o‘tdi

Bugun viloyatimizda “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri yuqori kayfiyat v...
13/05/2026

Bugun viloyatimizda “Kasb va mehnat kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Kasblar festivali” tadbiri yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan boshlandi.

Tadbir doirasida texnikumlar faoliyati, zamonaviy kasb yo‘nalishlari hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni targ‘ib qilish maqsadida maxsus ko‘rgazmalar va pavilyonlar tashkil etildi.

Festival jarayonlarida ishtirok etgan Kasbiy ta’lim agentligi direktori Husanov Azimjon Nozimjonovich ko‘rgazma va pavilyonlar faoliyati bilan tanishib, yoshlar bilan muloqot qildi.

Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi ham o‘z pavilyoni bilan faol ishtirok etdi. Agentlik direktori talabalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlari bilan yaqindan tanishdi.

Address

S. Ayniy Ko'chasi 1-uy
Navoi
210100

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00

Telephone

+998553516803

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi:

Shortcuts

Share