Qashqon

Qashqon Qashqadaryo qon xizmati markazi

🩸 “Bir tomchi qon — bir umrga teng! Inson hayotini saqlash — eng oliy burch!”✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2...
22/04/2026

🩸 “Bir tomchi qon — bir umrga teng! Inson hayotini saqlash — eng oliy burch!”
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-sonli “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 22.04.2026 - yilda Qashqadaryo viloyati Qon xizmati markazi sayyor brigada jamoasi tomonidan Qarshi shahridagi “Javohir Medical Center”da yuksak saviyada donorlik aksiyasi tashkil etildi.
🩸 Ushbu aksiya — insoniylikning eng oliy namoyoni, fidoyilik va mehr-oqibatning amaliy ifodasi boʻldi. Unda klinika direktori J. Shamsutdinov hamda bosh shifokor A. Sharipov shaxsan ishtirok etib, qon topshirish orqali jamiyatga ibrat boʻladigan namuna koʻrsatdilar.
🩸 Donorlik — bu oddiy jarayon emas, bu hayot uchun kurashdir. Har bir topshirilgan qon — kimningdir soʻnib borayotgan umidini qayta yoqadi, kimningdir yuragiga yana kuch bagʻishlaydi.
❤️ Donor boʻling hayotni biz bilan birga saqlab qoling.
https://t.me/qashqon

Sahovat yoʻlida donorlik aksiyasi o‘tkazildi!🩸🩸”Bir tomchi qon — bir hayot demak”🩸🩸2026-yil 15 - aprel kuni Qashqadaryo ...
15/04/2026

Sahovat yoʻlida donorlik aksiyasi o‘tkazildi!

🩸🩸”Bir tomchi qon — bir hayot demak”🩸🩸
2026-yil 15 - aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi tomonidan G‘uzor tuman tibbiyot birlashmasida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ–19-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
❇️ Aksiya davomida markazning sayyor guruhi tomonidan fuqarolar o‘rtasida donorlikning ahamiyati keng targ‘ib qilinib, ko‘plab ko‘ngilli donorlar jalb etildi. Tadbir natijasida qon zaxirasini to‘ldirish hamda aholi o‘rtasida donorlik madaniyatini shakllantirishga erishildi.
👉👉 https://t.me/qashqon ✅✅

🩸🩸🩸 MEN DONORMAN! 👇👇2026 -yil 15 - aprel kuni Qarshi shahar hududidagi “Korzinka” supermarketida O‘zbekiston Respublikas...
15/04/2026

🩸🩸🩸 MEN DONORMAN! 👇👇

2026 -yil 15 - aprel kuni Qarshi shahar hududidagi “Korzinka” supermarketida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “2026–2030 yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–19-sonli qarorining 1-ilova 5.2-band ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

✅✅ Mazkur ezgu tashabbus doirasida fuqarolar o‘rtasida beg‘araz donorlik madaniyatini rivojlantirish, qon topshirishning inson hayotini saqlashdagi o‘rni hamda uning ijtimoiy ahamiyatini keng targ‘ib etish bo‘yicha ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

❇️❇️ Tadbir davomida ko‘ngilli donorlar ishtirok etib, ixtiyoriy ravishda qon topshirildi. Bu esa og‘ir ahvoldagi bemorlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy tashabbus sifatida e’tirof etildi.
🛑 https://t.me/qashqon💯

🩸 Ezgulik yo‘lida donorlik aksiyasi davom etmoqda!Bir tomchi qon — bir hayot demak ❤️2026-yil 14 - aprel kuni Qashqadary...
15/04/2026

🩸 Ezgulik yo‘lida donorlik aksiyasi davom etmoqda!
Bir tomchi qon — bir hayot demak ❤️

2026-yil 14 - aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quyish markazida navbatdagi beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida Qarshi shahar Iqtisodiyot va pedagogika universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari qon markaziga tashrif buyurib, faol ishtirok etishdi.

❇️ Tadbir davomida ishtirokchilarga donorlikning inson hayotini saqlashdagi o‘rni va ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Universitet jamoasi o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etib, ko‘ngilli ravishda qon topshirishdi.

🤝 Ushbu hamjihatlikdagi ezgu harakat orqali qon zaxiralarini boyitish hamda jamiyatda donorlik madaniyatini yanada keng targ‘ib etishga erishildi.

✨ Siz ham donor bo‘ling! Birga hayotni saqlaylik!
‼️ https://t.me/qashqon💯

☝️☝️ Inson hayoti — oliy qadriyat, donorlik esa uning himoyasi‼️‼️📌 2026-yil 14- aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quy...
15/04/2026

☝️☝️ Inson hayoti — oliy qadriyat, donorlik esa uning himoyasi‼️‼️

📌 2026-yil 14- aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi tashabbusi bilan togʻli hudud Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida keng ko‘lamli beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi. Tadbir mamlakatimizda qon xizmati tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

❇️ Aksiya davomida fuqarolar faol ishtirok etib, jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik tuyg‘ulari yana bir bor namoyon bo‘ldi. Har bir ishtirokchi o‘zining kichik hissasi bilan katta savobli ishga qo‘l urdi.

📌 Donorlik — bu nafaqat tibbiy ehtiyoj, balki inson qalbidagi mehr va saxovatning yorqin ifodasidir. Qonga muhtoj bemorlar uchun bu — hayotga qaytish imkoniyati demakdir.

🩸 Bir insonning qilgan ehsoni — boshqa bir insonning hayotini saqlab qoladi.
🩸 Ezgulik qilgan inson esa doimo hurmat va e’tiborda bo‘ladi.

✨ Yaxshilik qilish uchun sabab kutmang — bugun donor bo‘ling!

👉 https://t.me/qashqon

☝️☝️ Birga hayotni saqlaymiz” — ezgulik yo‘lida yana bir qadam‼️‼️📌 2026-yil 9-aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quyis...
10/04/2026

☝️☝️ Birga hayotni saqlaymiz” — ezgulik yo‘lida yana bir qadam‼️‼️

📌 2026-yil 9-aprel kuni Qashqadaryo viloyati qon quyish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “ 2026- 2030- yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–19-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida markazning sayyor guruhi tomonidan Yakkabogʻ tuman tibbiyot birlashmasida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.
❇️❇️ Aksiya davomida ko‘plab fuqarolar ezgu niyat bilan donorlikka qo‘shilib, inson hayotini saqlab qolishga o‘z hissasini qo‘shdilar.
📌📌 Har bir donor — bu bir hayot najotkori.
🩸🩸 Har bir tomchi qon — bu yangi umid demakdir.

✨✨ Keling, birgalikda hayotni saqlaylik!

👉👉 https://t.me/qashqon

❇️ 08.04.2026-yil kuni Qarshi shahridagi “Xoʻjayjarroh” ziyoratgohida “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida navbatdagi...
09/04/2026

❇️ 08.04.2026-yil kuni Qarshi shahridagi “Xoʻjayjarroh” ziyoratgohida “Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–19-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
✨ Tadbir davomida aholining turli qatlamlari, keng jamoatchilik vakillariga begʻaraz donorlikning inson hayotini saqlab qolishdagi beqiyos ahamiyati, qon topshirishning tibbiy va ijtimoiy jihatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
💢Mutaxassislar tomonidan donorlik madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga qon topshirish tartibi, uning xavfsizligi, donorlik orqali koʻplab insonlarning hayotini saqlab qolish mumkinligi alohida ta’kidlandi.
✅Targʻibot jarayonida fuqarolar faol ishtirok etib, oʻzlarini donorlik safida koʻrishga tayyorliklarini bildirdilar.

💥 06.04.2026 - yil Qashqadaryo viloyati qon quyish xizmati markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Kitob tuman tibbiyot bir...
06/04/2026

💥 06.04.2026 - yil Qashqadaryo viloyati qon quyish xizmati markazi tibbiyot xodimlari tomonidan Kitob tuman tibbiyot birlashmasida donorlik aksiyasi tashkil etildi. Mazkur tadbir Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 20-yanvardagi PQ–19-sonli “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.

✨ Aksiyada ishtirok etgan fuqarolar insonparvarlik va ijtimoiy mas’uliyat namunasini ko‘rsatib, bemorlar hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.Bir tomchi qon — bir inson hayoti demakdir.

🩸🩸 Bugun donor bo‘lgan yurtdoshlarimiz kimningdir hayotiga umid, ko‘ziga quvonch ulashdilar.
📌📌 Donorlik — hayot baxsh etuvchi ezgu amal!
👉👉 https://t.me/qashqon

🩸🩸2026-yil 2-aprel kuni Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasida begʻaraz donorlik tadbiri oʻtkazildi. Mazkur aksiya yurti...
02/04/2026

🩸🩸2026-yil 2-aprel kuni Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasida begʻaraz donorlik tadbiri oʻtkazildi. Mazkur aksiya yurtimizda inson salomatligini asrash, aholini ijtimoiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda donorlik harakatini rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida ahamiyat kasb etdi.

💢 Tadbir davomida fuqarolar yuksak fuqarolik mas’uliyati va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, oʻz ixtiyorlari bilan qon topshirdilar. Bu esa jamiyatimizda saxovat, mehr-oqibat va oʻzaro yordam kabi qadriyatlar tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.

🛑 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan donorlikning hayotiy ahamiyati, uning bemorlar hayotini saqlab qolishdagi oʻrni haqida zarur tushuntirishlar berildi. Ushbu aksiya nafaqat tibbiy, balki ma’naviy-ma’rifiy jihatdan ham muhim boʻlib, aholining ongida ezgulik va hamjihatlik gʻoyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
👉 https://t.me/qashqon

♦️♦️1-aprel kuni Qarshi davlat Pedagogika universiteti Boshlangʻich ta’lim fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Preziden...
01/04/2026

♦️♦️1-aprel kuni Qarshi davlat Pedagogika universiteti Boshlangʻich ta’lim fakultetida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ–19-sonli “2026–2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda donorlik harakatini keng rivojlantirish maqsadida mazmunli targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbir jamiyatimizda insonparvarlik, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi yuksak qadriyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tadbir davomida Viloyat qon xizmati markazi shifokori E.Rahimov tomonidan qon topshirishning inson salomatligiga foydasi, donorlikning tibbiy va ijtimoiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Mazkur targʻibot tadbiri orqali talaba-yoshlar oʻrtasida donorlik madaniyatini shakllantirish, ularni ezgu ishlar sari ilhomlantirish va jamiyatda ijobiy ijtimoiy muhitni mustahkamlash yoʻlida muhim qadam qoʻyildi.Tadbir soʻngida koʻngillilarni begʻaraz donorlikka jalb qilindi.
👉 https://t.me/qashqon

Address

карши шахар 3 митти туманг
Qarshi
180100

Opening Hours

Monday 08:00 - 05:00
Tuesday 08:00 - 05:00
Wednesday 08:00 - 05:00
Thursday 08:00 - 05:00
Friday 08:00 - 05:00
Saturday 08:00 - 05:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Qashqon posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share