27/08/2026
🇺🇿 MUSTAQILLIK — ULUG‘ QADRIYAT, YUKSAK E’TIROF!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz taraqqiyotiga, xususan, sog‘liqni saqlash va ruhiy salomatlik sohasini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi, ko‘p yillik samarali mehnati va fidokorona xizmatlari e’tirof etildi.
✅Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ashurov Zarifjon Sharifovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlar bardavom bo‘lsin!
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasi nomidan Zarifjon Sharifovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring
© Web-sayt | ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | ™️ Facebook | 📺 You tube