Uzpharmcontrol

Uzpharmcontrol Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining "Facebook"dagi rasmiy sahifasi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika regulyatorlar organlari o‘rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi“Farm...
12/08/2026

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni farmatsevtika regulyatorlar organlari o‘rtasida ilk rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi hamda Saudiya Arabistoni Oziq-ovqat va dori vositalari boshqarmasi (SFDA) o‘rtasidagi ilk rasmiy uchrashuvda dori vositalarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy regulyator yondashuvlarini joriy etish, tajriba almashish hamda ikki davlat regulyatorlari o‘rtasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil https://front.uzpharm-control.uz/news/6288

Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatigaFarmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi mark...
12/08/2026

Mahalliy tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlari diqqatiga

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish bilan bog'liq amaldagi tartiblar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori (https://t.me/uzpharmcontrol/3683) hamda Sog'liqni saqlash vazirining 2026-yil 14-apreldagi 2-son buyrug'i bilan tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish jarayonida ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan o'tkazish tartibi belgilangan.

Mazkur tartibga muvofiq, tibbiy jihozlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda ishlab chiqarish sharoitlari ISO 13485 xalqaro standarti bilan uyg'unlashtirilgan milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan inspeksiyadan o'tkaziladi.

Shuningdek, tan olish (prequalification) asosida ro'yxatdan o'tkaziladigan, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), JSST bilan hamkorlikda ro'yxatdan o'tkaziladigan "in vitro" diagnostika tibbiy jihozlari uchun amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PF-137-son (https://t.me/uzpharmcontrol/3311) Farmoniga muvofiq, 2027-yil 1-iyuldan boshlab tibbiy jihozlar uchun muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirishda ishlab chiqaruvchining ISO 13485 milliy standartiga muvofiqlik sertifikatiga ega bo'lishi talab etiladi.

Ma'lumot uchun, ISO 13485 milliy standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini olish masalalari yuzasidan Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi huzuridagi Sifat menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organiga murojaat qilishingiz mumkin.

📼 Tel: 71 203-01-01 (ichki: 2085, 2086, 2087)
📼 Elektorn pochta: [email protected]

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan navbatdagi onlayn muloqot o’tkazildiMahalliy  ishlab chiqaruvchilarining dori vosit...
12/08/2026

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan navbatdagi onlayn muloqot o’tkazildi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarining dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan navbatdagi onlayn muloqotda muhokama qilindi. Unda “ASEPTICA” MChJ tomonidan taqdim etilgan 41 nomdagi hamda “ZUNNUR SERVIS FARM” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2 nomdagi dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilishi, ekspertiza jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlab chiqaruvchilarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

👉 Batafsil (https://front.uzpharm-control.uz/news/6285)

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizl...
11/08/2026

Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi U-BSS texnologik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda farmatsevtika nazorati va Markazning kundalik faoliyatida sun’iy intellekt, nutq texnologiyalari, ovozli yordamchilar hamda raqamli bilimlar bazasidan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.

Ma'lumot uchun U-BSS kompaniyasi Shveytsariyaning Tsyurix shahrida joylashgan Spitch AG kompaniyasining Markaziy Osiyodagi eksklyuziv hamkori bo‘lib, uchrashuvda Spitch AGning nutq texnologiyalari va D2VerbAI dialog platformasi, shuningdek, kompaniyaning davlat sektori bilan amalga oshirgan loyihalari bo‘yicha tajribasi taqdim etildi.

Shuningdek uchrashuv davomida zamonaviy raqamli texnologiyalarni Markaz faoliyatida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish hamda mazkur yo‘nalishdagi takliflarni ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindiJoriy yilning 10 avgust...
11/08/2026

Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Joriy yilning 10 avgust kuni Farg'ona viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosiga yuzasidan yig‘ilish o'tkazildi.

👉 Batafsil (https://t.me/fvhokimligi/49231)

Daniya dori vositalari agentligi (DKMA) bilan farmatsevtika regulyatorligi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qili...
11/08/2026

Daniya dori vositalari agentligi (DKMA) bilan farmatsevtika regulyatorligi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DM vakillari Daniya Dori vositalari agentligi (DKMA) hamda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi vakillari bilan ilk videokonferensaloqa o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika regulyatorlik tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, DKMA bilan professional hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda tajriba almashish, o‘quv dasturlari va qo‘shma tashabbuslar bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi.

👉 Batafsil (https://front.uzpharm-control.uz/news/6282)

Hurmatli tadbirkorlar va tibbiy jihozlar importyorlar diqqatiga!O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan tibbiy jihozlar va t...
11/08/2026

Hurmatli tadbirkorlar va tibbiy jihozlar importyorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasiga xorijdan tibbiy jihozlar va tibbiy buyumlarni olib kirish jarayonida mazkur mahsulotlarning majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi talab etiladimi yoki yo‘qmi degan masala muhim ahamiyatga ega.

📊 Avval xabar berganimizdek, (https://t.me/uzpharmcontrol/4539)Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga tadbirkorlar va importyorlar tomonidan yuborilayotgan tibbiy jihozlarning majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan mahsulotlar qatoriga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi o‘zgargan.

Endilikda mazkur masala yuzasidan Markazdan tegishli ma’lumot va xulosa olish uchun murojaatlarni elektron shaklda DARMON axborot tizimi orqali, foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatilgan tartibda ariza yuborish orqali amalga oshirish talab etiladi.

📊 Eslatib o'tamiz, mazkur tartib 2026-yil 6-iyuldan kuchga kirgan bo'lib, tibbiy jihozlarni import qilishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar va importyorlardan murojaatlarni belgilangan yangi tartib asosida, ya’ni DARMON axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborishlarini so‘raymiz.

DARMON axborot tizimi orqali ariza yuborish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot foydalanuvchi qo‘llanmasida (https://files.uzpharm-control.uz/?dl=986ca3c76de2b85370fd5a751b4df5ef) keltirilgan.

Markazda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandiFarmatsevtika mahsulotlari xavfs...
10/08/2026

Markazda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy raqamli texnologiyalarni ish jarayonlariga keng joriy etish hamda sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan “Prompt injiniring: Claude AI va Google Gemini bilan samarali ishlash” mavzusidagi malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.

👍 O‘quv kursi davomida ishtirokchilarga zamonaviy sun’iy intellekt platformalaridan samarali foydalanish, aniq va sifatli so‘rovlar (promptlar) tuzish, sun’iy intellekt vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda kundalik ish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi. Kurs yakunida o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan Markaz xodimlariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan oqilona hamda samarali foydalanish mehnat unumdorligini oshirish, ish jarayonlarini optimallashtirish va boshqaruv qarorlarini tezkor hamda sifatli qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Markaz faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindiSog‘liqni saqlash vazirligid...
10/08/2026

Markaz faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Sog‘liqni saqlash vazirligida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi faoliyatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Markaz tomonidan jalb etilgan mustaqil xalqaro ekspert Dragos Gutu tomonidan bir oy davomida o‘tkazilgan kompleks audit natijalari Sog‘liqni saqlash vaziriga taqdim etilib, regulyator jarayonlarni takomillashtirish va WHO ML3 darajasiga erishish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

👉 Batafsil https://front.uzpharm-control.uz/news/6279

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi regulyator hamkorlik muhokama qilindi"Farmatsevtika...
08/08/2026

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi regulyator hamkorlik muhokama qilindi

"Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMda Saudiya Arabistoni hamda Hindistonning farmatsevika kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda dori vositalarini muomalaga kiritish bilan bog‘liq regulyator masalalar, xususan, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tan olish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, hujjatlarni taqdim etish hamda ekspertizadan o‘tkazish tartiblari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Markaz mutaxassislari xorijiy kompaniyalar vakillariga O‘zbekistonda dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonining amaldagi tartiblari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, Saudiya tomoni Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va Saudi Food and Drug Authority (SFDA) o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar SFDAning regulyator sohasidagi ilg‘or tajribasidan foydalanish Markazning xalqaro standartlarga muvofiq faoliyatini yanada takomillashtirish, xususan, kelgusida JSSTning ML3 darajasiga erishish yo‘lidagi ishlar uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni davom ettirish, sohada o‘zaro tajriba almashish hamda yuzaga keladigan masalalarni ishchi tartibda muhokama qilib borish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Address

Тошкент ш. , Озод кўчаси, К. Умаров тор кўчаси, 16-уй
Tashkent
100002

Opening Hours

Monday 08:30 - 17:30
Tuesday 08:30 - 17:30
Wednesday 08:30 - 17:30
Thursday 08:30 - 17:30
Friday 08:30 - 16:30

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Uzpharmcontrol posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share