Dr Visola

Dr Visola 👩‍⚕️ Onkoginekolog | Tibbiyot fanlari doktori
🌍 Xalqaro tajriba (16 ta davlat)
💪 Ginekologik saratonni birga yengamiz!
📩 Konsultatsiya uchun DM yozing

11/05/2026
HPV – oldini olish mumkin! 💙Ko‘pchilik HPV haqida kech biladi, chunki u ko‘pincha belgisiz kechadi. Ammo yaxshi xabar bo...
04/05/2026

HPV – oldini olish mumkin! 💙

Ko‘pchilik HPV haqida kech biladi, chunki u ko‘pincha belgisiz kechadi. Ammo yaxshi xabar bor — bu virusdan himoyalanish mumkin.

🔹 HPV vaksina – eng samarali himoya
🔹 Muntazam skrining – erta aniqlash imkoniyati
🔹 Himoyalangan hayot tarzi – xavfni kamaytiradi
🔹 Sog‘lom turmush – immunitetni mustahkamlaydi

Unutmang: erta tashxis = sog‘lom kelajak

Bugun o‘zingiz uchun vaqt ajrating. Profilaktika — bu davolashdan oson va arzon.

💬 Savollaringiz bormi? Kommentda yozing yoki DM orqali murojaat qiling.

❤️ O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!
Sog‘lom kelajak – ongli bugundan boshlanadi!

04/05/2026
Xabaringiz bor 24-26 aprel kunlari ginekolog va onkoginekologlar uchun kurs tashkillashtirgan edik. Bugun shu kursimiz t...
26/04/2026

Xabaringiz bor 24-26 aprel kunlari ginekolog va onkoginekologlar uchun kurs tashkillashtirgan edik. Bugun shu kursimiz tugadi!

Ko‘pchilik ayollar bachadon miomasi faqat gormonlar sabab paydo bo‘ladi deb o‘ylaydi. 🤔Ammo aslida mioma rivojlanishiga ...
16/03/2026

Ko‘pchilik ayollar bachadon miomasi faqat gormonlar sabab paydo bo‘ladi deb o‘ylaydi. 🤔

Ammo aslida mioma rivojlanishiga bir nechta omillar ta’sir qiladi.

Eng ko‘p uchraydigan sabablar: 👇

🔹 gormonal o‘zgarishlar
🔹 progesteron va estrogen ta’siri
🔹 immun tizimi faoliyati
🔹 genetik moyillik
🔹 stress va ruhiy zo‘riqish

Masalan, ayrim hollarda mioma homiladorlik vaqtida tezroq o‘sishi mumkin, chunki bu davrda organizmda progesteron miqdori ko‘payadi. 🤰

Shuningdek, hujayralarning tabiiy yangilanish jarayoni buzilganda ham mioma tugunlari paydo bo‘lishi mumkin.

Shuni unutmaslik kerak:
⚠️ Mioma har doim ham xavfli emas, lekin vaqtida tekshiruvdan o‘tish juda muhim.

Agar sizda quyidagi belgilar bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi: 👇

❗ ko‘p qon ketish
❗ hayz paytida kuchli og‘riq
❗ qorin pastida og‘irlik hissi
❗ tez-tez siyish

Ayollar salomatligi — bu e’tibor va profilaktika bilan saqlanadi. 🌸

Ushbu ma’lumot sizga foydali bo‘lsa, boshqa ayollar bilan ham ulashing. 🤍

😍✨
06/03/2026

😍✨

✨ Mana, 2025 yil ham nihoyasiga yetib keldi! Alhamdulillah! Yorqin, qiziqarli va mazmunli yil bo‘ldi! Albatta sinovlar b...
31/12/2025

✨ Mana, 2025 yil ham nihoyasiga yetib keldi! Alhamdulillah!
Yorqin, qiziqarli va mazmunli yil bo‘ldi! Albatta sinovlar bilan ham!

👩🏻‍⚕️Siz meni onkoginekolog-xirurg sifatida bilasiz —
har kuni operatsiya xonasida ayollar salomatligi uchun kurashadigan shifokor sifatida.

🩵Ammo mening yana bir tomonim ham bor —
bu oilam, do‘stlarim, sayohatlarim, suv osti mashg’uloti- dayving ham kichik va katta quvonchlarimdir 🤩

📊 Bu yil juda sermahsul bo‘ldi:
murakkab holatlar va ko‘plab operatsiyalar bo‘ldi (lekin barchasini muvaffaqiyatli uddaladik),
bemorlarimiz bilan birga yangi sog‘ayish hikoyalarini yaratdik,
yangiliklarni o‘rgandik, jamoamizning uyg‘un ishlashi va mahoratini yanada oshirdik,
bir nechta kongresslarda qatnashdik
va sayohatlardan kuch hamda ilhom oldik 🫶🏼

🙌🏼 Shu yil davomida yonimizda bo‘lgan barchaga chin dildan minnatdorchilik bildiraman:
bemorlarimga 🫂, hamkasblarimga, jamoamizga, do‘stlarimga, oilamga
hamda barcha postlarimizni o‘qib, tomosha qilib, o‘z hikoyalarini yozgan, izoh qoldirgan va qo‘llab-quvvatlagan har bir insonga 🫶🏻

O‘zingizni asrang va sog‘lom bo‘ling! 💚

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Dr Visola posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category