16/07/2026
Saraton — hukm emas. Eng muhimi, kasallikni o‘z vaqtida aniqlashdir. 🤍
16 yillik tajribaga ega, o‘z ishining haqiqiy professionali bo‘lgan onkolog-kimyoterapevt Jamshid Muhammadaliyevich saraton kasalliklarining rivojlanish omillari, erta diagnostikaning ahamiyati, kimyoterapiya bilan bog‘liq qo‘rquvlar hamda e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan alomatlar haqida fikr bildiradi.
Ba’zan organizm bizga muhim signallar yuboradi, ammo biz ularga yetarlicha e’tibor bermaymiz. Sababsiz vazn yo‘qotish, uzoq davom etuvchi holsizlik, ovqat hazm qilish tizimidagi o‘zgarishlar, ich kelishidagi buzilishlar yoki najasda qon paydo bo‘lishi kabi belgilarni oddiy holat deb qabul qilmaslik kerak. Bu alomatlar har doim ham onkologik kasallikni anglatmaydi, biroq shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy diagnostika usullari — U*I, KT, MRT, laborator tekshiruvlar hamda zarurat bo‘lganda PET/KT tekshiruvi kasallikni erta aniqlash, kasallikning tarqalish darajasini baholash va eng to‘g‘ri davolash usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Sog‘lig‘ingizni bugundan asrang. Organizmingiz yuborayotgan signallarni e’tiborsiz qoldirmang, muntazam profilaktik tekshiruvlardan o‘ting. Erta tashxis ko‘pincha hayotni saqlab qoladi. 🤍
💬 Sizni qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldiring — mutaxassisimiz ularga mamnuniyat bilan javob beradi.
🕗 Ish vaqti: 08:00–18:00
📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 28-uy (mo‘ljal: Beruniy metro bekati yonida)
☎️ Bog‘lanish uchun:
+998 71 200-00-78
+998 78 777-00-33