24/04/2026
Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialiga Samarqand shahar Xalq deputatlari kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad, Samarqand va atrofidagi qoʻshni viloyatlari aholisiga ixtisoslashgan yetakchi muassasa faoliyati bilan tanishish, unda davolanayotgan bemorlar fikrlarini oʻrganish va shu yerda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning sohani rivojlantirishga doir fikr mulohazalari va takliflarini oʻrganish boʻldi.
Seminar formatida oʻtgan yigʻilish davomida filial direktori Mamatqulov Oybek Xoliqovich sohani rivojlantirish borasida shu kungacha muassasada amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar, yoʻlga qoʻyilgan yangiliklar va qulayliklar, kelgusida amalga oshirilishi istiqboldagi rejalar borasida xisobot taqdim etdi.
Deputatlar tomonidan berilgan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi va amalga oshirilgan ishlar ular tomonidan yuqori baholandi.
Tashrif davomida deputatlar muasssada amalga oshirilayotgan ishlar, bemorlar bilan suhbat, soʻngida filial xodimlariga oʻzlarining ezgu tilaklarini tilab tashrifni yakunladilar.