27/05/2022
👨💻BOTULINOTERAPIYA
❗️Nevrologiyada botulinoterapiya mushaklarning spazmlari, og'riqlar, vegetativ funksiyalarning buzilishi bilan namoyon bo'ladigan kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan usul hisoblanadi. Bu botulotoksinni organizmning kerakli sohalariga yuborishni o'z ichiga oladi.
Ko'pchilik botulotoksinni faqat kosmetologiyada, ajinlarni tekislash maqsadida ishlatiladi deb noto'g'ri mulohaza yuritishadi. Darhaqiqat, botulinotoksinni 20 yildan ortiq vaqt davomida nevrologik kasalliklarni davolashda muvaffaqiyatli qo'llanilgan. Bu vaqt ichida dori samarali va xavfsiz vosita sifatida amalda o'zini namoyon qildi.
Botulinoterapiyani o'tkazish uchun ko'rsatmalar
⚜Motor buzilishlar:
✅ yuz spazmi;
✅ yuqori va pastki bo'g'imlardagi spastik o'zgarishlar(shu jumladan: insultdan keyingi kontrakturalar, bolalar serebral falaji);
✅ blefarospazm;
✅ spastik bo'yin qiyshiqligi;
✅ tarqoq skleroz tufayli yuzaga keladigan harakat buzilishlari;
✅ yuz nervining neyropatiyasi.
⚜Vegetativ kasalliklar:
✅ gipergidroz yoki ko'p terlash (kaft, oyoq, qo'ltiq).
⚜Og'riq sindromlari:
✅ miofatsial va mushak-tonik sindromlari;
✅ nevropatik og'riqlar;
✅ zo'riqishdagi bosh og'rig'i;
✅ migren.
⚠️ Botulinoterapiyasining foydalari:
📌 yaxshi chidamlilik;
📌 xavfsizlik;
📌 tizimli nojo'ya ta'sirlar yo'q;
📌 harakat davomiyligi.
🌐 Jarayon qanday amalga oshiriladi?
Botulinoterapiyasi vaqtida spazmdagi mushaklarni bo'shatish maqsadida botulinotoksini kerakli muskullarga, zarur dozada yuboriladi. Ushbu manipulyatsiyani amalga oshirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tgan shifokor tomonidan amalga oshiriladi. Preparatning qat'iy zarur va ruxsat etilgan dozasini hisoblash muhimdir.
⚠️ Bu vaqtda botulinotoksin ta'sirini yanada oshirish maqsadida siz intensiv ravishda kinezioterapiya (harakatni davolash) bilan shug'ullanishingiz mumkin.
‼️✅ Botulinoterapiya natijasidan qoniqish bemorlarning aksariyati tomonidan qayd etilgan. Xususan bizning klinkamizda ham ushbu amaliyot amalga oshiriladi va deyarli barcha bemorlarimizda ijobiy natija kuzatilgan.
Agarda sizda yuqorida qayd etilgan holatlar bezovta qilsa bemalol bizga murojaat qilishingiz mumkin.
📞 Murojaat uchun: +998912237250