merkaba_ruh

merkaba_ruh Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from merkaba_ruh, Psychologist, Tashkent.

10/02/2022

🧠INSON NIMA UCHUN O'Z USTIDA TINIMSIZ ISHLASHI KERAK?👆👆👆

❗️Har birimizga berilgan xayot bu bizga berilgan chegaralangan vaqtimizdir!
Siz bu vaqtni o'z shaxsiyatingizni sayqallashga (go'zal qilishga), rivojlanishga sarflayabsizmi yoki vaqtimizni xayot yo'lingizdagi sizni chalg'ituvchi o'yinlarga sarflayabsizmi?...

♻️Siz bilan ro'y berayotgan hech bir vaziyat, dars, tajriba, sinovlar sizni to'xtatib qolmasligi kerak, siz ularga taslim bo'lmang.
Aksincha, ular sizni kuchli bo'lishingizga undayotganini minnatdorlik bilan qabul qiling.

ONG NIMA?Ong bu oddiy tilda kompyuter misolida tushuntiradigan boʻlsam maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.Kompyuterda biron ...
10/02/2022

ONG NIMA?

Ong bu oddiy tilda kompyuter misolida tushuntiradigan boʻlsam maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.

Kompyuterda biron bir maʼlumot yaratasiz va uni xotirasiga saqlab qoʻyasiz. Kun kelib oʻsha saqlab qoʻygan ma'lumotingizdan kerakli joyda kerakli ish uchun foydalanasiz.

Hayotingizda koʻrgan yaxshi- yomon vaziyatingiz, voqea- hodisalar, Hattoki televizorda koʻrgan film, serial, koʻrsatuv, klip va reklamalaringiz, esh*tgan har bir yaxshi yoki yomon gap soʻzlar, miyangizda aylangan har bir yaxshi, yomon, kerakli, keraksiz oʻy fikrlar, hayollar hammasi sizning ongingizga muhrlanib qoladi va kun kelib hayotingizda oʻz aksini koʻrsatadi.

Oʻz oʻrnida kompyuterga qancha koʻp maʼlumot saqlanganda virus tushib ishlashi qiyinlashadi. Xuddi shunday ongimizga ham kerakli, keraksiz, yaxshi, yomon har xil maʼlumotlarni saqlayversangiz ong ostingizga virus tushadi, ya'ni sizda blok paydo boʻladi.

Blokning turlari haqida koʻp gapirib oʻtdim. Yana bir bor sanab oʻtaman.

Qoʻrquv;
Qattiq hayajon;
Eshonchsizlik;
Dangasalik;
Qizgʻanchiqlik;
Koʻra olmaslik;
Nafrat;
Gʻazab;
Alam
Va shunga oʻxshash salbiy odatlar blok hisoblanadi.

Ong ostida qanday qilib blok paydo boʻladi?

Koʻrgan serialingizdagi esh*tgan biron bir habaringiz hayotingizda sodir boʻlgan noxush vaziyatingiz natijasida siz qattiq emotsiyaga berilasiz, yaʼni yoki qoʻrquv yoki nafratlanish, qizgʻanish va hokazo shunga oʻxshash emotsionalni holatga tushib qolishingiz natijasida ong ostingizda notoʻgʻri dastur paydo boʻladi.
Bu notoʻgʻri dastur butun umr sizning hayotingizni boshqarib keladi.
Toʻgʻrirogʻi ong ostingizdagi yashiringan toʻgʻri yoki notoʻgʻri dasturlar sizning hayotingiz pulti hisoblanadi.

Goʻyoki sizning ong osti dasturlaringiz pult, hayotingiz esa televizor misolida ham koʻrish mumkin.

BIZ INSONMIZMI YOKI RUH?Insoniyatning dunyoga kelishi haqida psixologik faktlar.Avvalo ruh bu hayotdagi vazifalarini tan...
10/02/2022

BIZ INSONMIZMI YOKI RUH?

Insoniyatning dunyoga kelishi haqida psixologik faktlar.

Avvalo ruh bu hayotdagi vazifalarini tanlab olgan holda yaratgan bilan kelishuv asosida inson qiyofasida bu dunyoga keladi.

Ruhning vazifasi oʻsib-ulgʻayish va rivojlanishdir.

Hayotingizga kirgan har bir inson har bir vaziyat sizning ruhingizning tanlovi.

Hech qachon hayotingizga kirgan insonlardan nafratlatmang gʻazablanmang.
Ulardan minnatdor boʻling sizni oʻstirish ulgʻaytirish uchun hayotingizga kirgani uchun.

Har bir vaziyatdan minnatdor boʻling, chunki hayotingizdagi har bir vaziyat siz uchun dars vazifasini bajaradi. Sizning oʻsib rivojlanishingizga sababchi boʻlib xizmat qiladi.

Hech kimdan nafratlanman. NAFRAT BU- yuragimgizdagi eng katta ogʻriq, bu ogʻriq sizning blokingiz. Sizda qancha koʻp blok boʻlsa sizni shuncha orqaga tortadi va oldinga ketishingizni toʻsib turadi.

BLOKni ijobiy tomondan ta'riflaydigan boʻlsak oldinga ketishingizdan oʻsib rivojlanishingizdan ximoya qilib turgan boʻladi yani bu bilan shuni tushunishimiz mumkinki, blok ximoyachi vazifasini bajaradi. U ma'joziy ma'noda bizning do‘stimizdir.

Blokning turlari koʻp:
Qoʻrquv
Nafrat
Alam
Gʻazab
Qizgʻanchiqlik
Xasislik
Koʻra olmaslik
Kibr
Dangasalik
Ishonchsizlik
Manmanlik
Bular hammasi blok hisoblanadi.

Insonda mana shu salbiy hissiyotlar mavjud boʻlsa u rivojlana olmaydi.
Ruh bu hayotga inson qiyofasida kelgan boʻladi.
Ruhning vazifasi doimo oʻsib rivojlanishdir.
Rivojlana olmayotgan ruh hayotda doim qiyinchilikka ogʻir vaziyatlarga duchor boʻlaveradi.

Ruh hayotda oʻsib rivojlanishi uchun oldinga ketishi va koʻtarilishi uchun borliq qonunlariga asosan yashash kerak boʻladi.

Borliq qonunlari asosida yashash uchun avvalo borliq qonunlarini bilishi, oʻrganishi va ularga ishonishi zarur.

Borliq qonunlariga asosan yashagan inson, yaʼni ruh hayotda doim oʻsib rivojlanib oldinga intilib boraveradi. Hayoti toʻla toʻkis baxtli va farovonlikda oʻtadi.

Address

Tashkent

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when merkaba_ruh posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category