26/05/2021
🐉Bolalarda eng koʻp uchraydigan parazit – ostritsa (oddiy gijja), enteribioz kasalligini chaqiradi. Ushbu gelmintlar katta boʻlmagan oʻlchamda oʻrtacha 1 sm, oq-kulrang rangda, egilgan ta**li boʻladi. Bu parazitlarning joylashish joyi yoʻgʻon ichakdir, baʼzida ular ingichka ichakning pastki qismida ham joylashishi mumkin. Ostritsaning koʻpayishi a**l teshigi terisi atrofida kechadi. Tunda ostritsa urgʻochisi tuxumlarini qoʻyish uchun teri burmalariga boradi, qiz bolalarda koʻpincha qin lablariga ham oʻtadi. Ushbu gelmintlar 1-1,5 oy hayot kechiradi. Bola oʻz-oʻzini zararlashi uning yillar davomida bezovtalanib yurishiga sabab boʻladi. Parazitni oddiy (qurollanmagan) koʻz bilan najasda ham koʻrsa boʻladi.
⁉️Ostritsaning oshqozon va ichaklarga tushishi, organizmning parazit bilan zararlanishi deganidir. Ostritsa tuxumlari tashqi muhitga ifloslangan najas bilan tushadi. Tuxumlarning tashqi qobigʻi noqulay muhitga chidamli va hajmi juda kichik. Bola atrof-muhitni oʻrganish, jismlarning taʼmi va tarkibini bilish maqsadida qoʻllari bilan har narsani ushlab koʻradi hamda ularni ogʻziga olib boradi. Shu yoʻl bilan ostritsaning tuxumlari oʻzining “boʻlajak kichik xoʻjayini” organizmiga tushadi. Ostritsa 20 sm.dan 40 sm.gacha boʻladi. 21 kun davomida yashaydi.
🏥"PARASITOLOGY.UZ" Klinikasi
☎️(33)188-22-22
📌Mo’ljal:(SAMPI)Toshkent Xalqa avtomobil yo’li
Sampidan Yunusobod yo’liga 100m
📍Manzil:Toshkent, Qibray tumani
Akademiklar ko’chasi (Oybek) 29-uy