27/08/2026
🏅 SINO PROFESSIONAL MEDICAL — FAXRLI YUTUQ!
Bizning jamoamiz uchun quvonchli va faxrli yangilik! ❤️
Bolalar kardioxirurgi Qobiljonov Bekzodjon Xakimjon o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-iyundagi Farmoniga binoan “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.
Ushbu yuksak e’tirof — shifokorimizning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, ko‘p yillik fidokorona mehnati va eng muhimi, bolalar yuragi salomatligi yo‘lidagi xizmatlarining munosib qadrlanishidir. ❤️
Hurmatli Bekzodjon Xakimjonovich, Sizni ushbu sharafli mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 🎉
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan zafarlar va yana ko‘plab yuksak e’tiroflar tilaymiz!
Siz bilan faxrlanamiz! 🫶
🏥 Sino Professional Medical
📍 Toshkent sh., Yangihayot, Choshtepa-410
📞 +998 91 775-02-21
Sizning sog‘lig‘ingiz — bizning ustuvor vazifamiz!