«1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ»

  • Home
  • Uzbekistan
  • Tashkent
  • «1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ»

«1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ» «1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ»

🎓“Dermatologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: ta’lim, amaliyot, innovatsiyalar” mavzusida xalqaro o‘quv-uslu...
20/05/2026

🎓“Dermatologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar: ta’lim, amaliyot, innovatsiyalar” mavzusida xalqaro o‘quv-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
📍 Mazkur anjuman TDTU 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi tomonidan tashkil etilib, unda dermatovenerologiya, yuqumli kasalliklar, tibbiy ta’lim hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.
🎙 Moderatorlar:
▪️ TDTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Xaitov Qaxramon Najmitdinovich
▪️ 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi mudiri, professor Tashkenbayeva Umida Alisherovna

🌍 Anjumanda Qozog‘istonning Semey Medical University (Semey tibbiyot universiteti) vakillari ham faol ishtirok etib, xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlik doirasida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
👨‍🏫 Xususan, dermatovenerologiya, immunologiya va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi professorlari:
▪️ Smail Erbol Muslimovich
▪️ Maukaeva S.B. tomonidan:
🔹 “Yuqumli kasalliklar fanini o‘qitishda zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalari”
🔹 “Yuqumli kasalliklarni o‘qitishda simulyatsiya texnologiyalaridan foydalanish”mavzularida ma’ruzalar taqdim etildi
💡 Ma’ruzalarda:
✔ simulyatsion texnologiyalar
✔ interaktiv ta’lim usullari
✔ klinik fikrlashni rivojlantirish
✔ raqamli pedagogika
✔ innovatsion tibbiy ta’lim yondashuvlari haqida batafsil fikr almashildi.
👥 Anjumanda professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, rezidentlar, magistrlar va talabalar faol qatnashib, xalqaro tajriba almashinuvi muhitini yaratdilar.
🤝 Mazkur xalqaro anjuman TDTU va Semey Medical University o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
✨ Barcha ishtirokchilarga, ma’ruzachilarga va tashkilotchilarga samarali ilmiy muloqot hamda mazmunli chiqishlar uchun minnatdorchilik bildiramiz.

E'lonHamkorlikdagi ko'rik 🇺🇿🇷🇺20-may kuni soat 12:00 daToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti1-son Dermatovenerologiya va...
20/05/2026

E'lon
Hamkorlikdagi ko'rik 🇺🇿🇷🇺

20-may kuni soat 12:00 da
Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi, Respublika teri tanosil klinik shifoxonasida professorlar ko'rigi bo'lib o'tadi.
Ko'rikni Rossiya Federatsiyasi xizmat ko'rsatgan vrachi, professor, tibbiyot fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasi Shimoliy-G‘arbiy federal okrugida Sog‘liqni saqlash vazirligining dermatovenerologiya va kosmetologiya bo‘yicha bosh mutaxassisi Zaslavskiy Denis Vladimirovich va Sankt-Peterburg Len.Viloyat teri tanosil kasalliklari shifoxonasi vrachi Sadikov Aslan Igorevich ishtirokida bo'lib o'tadi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamd...
13/05/2026

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda universitet xodimlari tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik jarayonida teri va soch kasalliklari, allergik hamda dermatologik muammolar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan konsultatsiyalar o‘tkazilib, zarur tavsiya va davolash rejalari berildi.

Mazkur tadbir professor-o‘qituvchilar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik choralarni kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

TDTU vakillarining Samarqand shahriga tashrifiToshkent davlat tibbiyot universiteti vakili, **1-son Dermatovenerologiya ...
07/05/2026

TDTU vakillarining Samarqand shahriga tashrifi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakili, **1-son Dermatovenerologiya kafedrasi dotsenti Yusubaliev U.A.** universitet nomidan **Samarqand shahriga tashrif buyurdi**.

Tashrif davomida yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, bebaho me’moriy obidalari va ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan mashhur bo‘lgan Samarqand shahri bilan yaqindan tanishildi. Mazkur safar ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashni kengaytirish, tarixiy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash hamda ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qildi.

Bunday tashriflar professor-o‘qituvchilarning **ma’naviy kamoloti, ilmiy salohiyati va yurtimiz tarixi hamda madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda** muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Dermatovenerologiya va Kosmetologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Va...
07/05/2026

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Dermatovenerologiya va Kosmetologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Vaisov A.Sh., Tashkenbayeva U.A. hamda kafedra xodimlari ishtirokida magistrlar va talabalar bilan navbatdagi klinik bemorlar ko‘rigi hamda amaliy mashg‘ulotdan lavhalar.
Mashg‘ulot davomida bemorlarning klinik holati batafsil tahlil qilinib, dermatologik kasalliklarni tashxislash, differensial diagnostika o‘tkazish va zamonaviy davolash yondashuvlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan magistr va talabalarga bemor bilan muloqot qilish, anamnez yig‘ish, klinik fikrlashni shakllantirish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur amaliy darslar bo‘lajak mutaxassislarning nazariy bilimlarini klinik amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyasini oshirish va dermatovenerologiya yo‘nalishida chuqur bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasida 24-aprel kuni Ibragimov K.U...
25/04/2026

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasida 24-aprel kuni Ibragimov K.U tomonidan " Дерматовенерология без секретов" to'garagida davolash fakulteti talabalari uchun master klass o'tkazildi.
Master klassda talabalarga teridagi yaxshi sifatli xosilalarini laser yordamida olib tashlash ko'rsatildi. Talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.
To'garakda qatnashish hohlagan talabalar ushbu raqamlarga murojaat qilishligi mumkin.
+998998222242
[email protected]

🌸 Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami! 🌸Toshkent davlat tibbiyot universiteti1-son Dermatovenerologiya va kosmetolo...
01/04/2026

🌸 Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami! 🌸

Toshkent davlat tibbiyot universiteti
1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi jamoasi Navro‘z umumxalq bayramini yuqori kayfiyatda, milliy an’analar va qadriyatlarimizni namoyon etgan holda keng nishonladi.

Bayram davomida milliy taomlar, urf-odatlar, kuy-qo‘shiqlar va samimiy muhit orqali Navro‘zning asl ruhi – mehr-oqibat, birlik va yangilanish g‘oyalari aks etdi.

Talabalar va ustozlar birgalikda tashkil etilgan ushbu tadbirda faol ishtirok etib, milliy merosimizga hurmat va sadoqatlarini yana bir bor namoyon etdilar.

🌿 Navro‘z – bu yangi umidlar, yangi rejalar va yangi yutuqlar boshlanishidir!

Barchangizni ushbu go‘zal bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz

📢 ILMIY TANLOV O‘TKAZILDI2026-yil 18-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari ...
27/03/2026

📢 ILMIY TANLOV O‘TKAZILDI

2026-yil 18-mart kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha tanlovning 1-son dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔬 Tanlovda universitetdan 14 nafar talaba o‘z ilmiy ishlari bilan ishtirok etdi. Har bir ma’ruza tinglovchilar va hakamlar hayati tomonidan qiziqish bilan qarshi olinib, taqdimotlardan so‘ng faol savol-javoblar tashkil etildi.

🏆 Tanlov yakunida hakamlar tomonidan berilgan ballar umumlashtirilib, sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalar aniqlandi. Natijalar tanlov komissiyasi kotibi Saipova N.S. tomonidan e’lon qilindi.

✨ Shuningdek, barcha ishtirokchilarning ilmiy ishlari alohida e’tirof etildi.

📌 Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va texnikum hamkorligining navbatdagi tashrifi Toshkent davlat tibbiyot universite...
23/01/2026

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va texnikum hamkorligining navbatdagi tashrifi
Toshkent davlat tibbiyot universitetining «1-son Dermatovenerologiya va kosmetologiya» kafedrasi dotsentlari — Dsc. Saipova N.S., Phd. Nurmatova I.B., PhD Mirodilova F.B., t.f.n., Yusubaliyev U.A., Phd. Abbosxonova F.X. katta o’qituvchilar Xashimov F.F. Umarov J.M., Toxtayev G’. Sh, Tojimurodov X.A., Aliyev A.Sh, assistentlar: Phd. Usmanaliyev S.A., Phd. Kazakova M.R., Ashrapxodjaeva N.M., Ibragimov Q.U., Safarova M.A., hamda Abduraxmonova M.A. Mirvasidov M.M. Olmaliq shaxar Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga navbatdagi xamkorlik tashrifini amalga oshirdilar. Tashrif doirasida texnikum o‘quvchilari va o’quvchilari uchun “Dermatovenerologiyada raqamli transformatsiya: suniy intelektning imkoniyatlari” hamda “Terining virusli kasalliklari” mavzularida mazmunli seminar-trening tashkil etildi. Seminar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olib, faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, tashrif chog‘ida texnikum rahbariyati va o‘qituvchilari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quv-uslubiy hujjatlarni yuritish jarayonini o‘rganish, ochiq ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada samarali yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Address

Чиланзарский район, 1-я Улица Катартал, 2а
Tashkent

Telephone

+998977726300

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when «1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ» posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to «1-я кафедра дерматовенерологии и косметологии ТашГосМУ»:

Shortcuts

Share

Category