Psixologiya Dunyosi

Psixologiya Dunyosi Etika, ahloq va ilmiy qadriyatlar bilan psixologiya bo‘yicha kontent yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlik tarmog‘i 🧠

Ba’zan insonning tashqi ko‘rinishi ortida hech kim bilmaydigan hislar yashirinadi. 🧠✨ Odamlarni faqat xatti-harakatiga q...
27/08/2026

Ba’zan insonning tashqi ko‘rinishi ortida hech kim bilmaydigan hislar yashirinadi. 🧠✨

Odamlarni faqat xatti-harakatiga qarab baholashdan oldin, ularning ichki dunyosini ham tushunishga harakat qiling.

Sizningcha, insonning xarakterini uning xatti-harakatlaridan bilish mumkinmi? 👀🧠

Siz uchun psixologiyada eng qiziq mavzu qaysi? 💭

26/08/2026

💔 Nega undan ketish qiyin?

Agar bir inson Sizni ba’zan ranjitsa, ba’zan esa mehr bersa, undan ketish qiyinlashishi mumkin.

Siz “yana biroz sabr qilsam, u o‘zgaradi” deb umid qilasiz. Yomon munosabatdan keyin keladigan mehr esa sizni uning yaxshi holatini kutishga o‘rgatadi.

Bu sizning zaifligingiz emas. Chunki ranjishlar orasida uzr, va’dalar va mehrli lahzalar bo‘lishi mumkin.

Ba’zan sizni ranjitgan insonning yana yupatishi unga yanada qattiq bog‘lanishingizga sabab bo‘ladi.

Shuning uchun ketish qiyin: Siz nafaqat insondan, balki ranjish → sog‘inish → yarashish aylanasidan ham chiqasiz.

“Nega hali ham keta olmadim?” deb o‘zingizni ayblamang. O‘zingizni asrang. 🤍

25/08/2026

O‘zingizni sevish — o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilishdan boshlanadi. 🤍

Kichik odatlar — katta o‘zgarishlarning boshlang‘ichi hisoblanadi. ✨

Ba’zi insonlar bilan munosabatda muammo nimada ekanini tushunish uchun ularning gaplariga emas, takrorlanib turadigan xa...
24/08/2026

Ba’zi insonlar bilan munosabatda muammo nimada ekanini tushunish uchun ularning gaplariga emas, takrorlanib turadigan xatti-harakatlariga qarash kerak. Ba’zan biz biror insonni o‘zgartirishga, uni tushunishga yoki undan mehr kutishga juda ko‘p kuch sarflaymiz. Ammo har qanday munosabatda o‘z chegaralaringizni bilish va o‘zingizni asrash ham muhim.

Sizningcha, insonni tanishda eng ko‘p nimaga e’tibor berish kerak? 💭

22/08/2026

Muhabbat faqat pul yoki sovg‘alar bilan o‘lchanmaydi. ❤️

Inson pul bilan bir muddat xursand bo‘lishi mumkin lekin haqiqiy baxt uchun e’tibor, mehr va samimiy muhabbat kerak.
Agar insonni chin dildan sevsangiz, unga vaqt ajratishga, uni xursand qilishga va yonida bo‘lishga harakat qilasiz. Chunki sevgan insoningizning baxti siz uchun ham muhim bo‘lib qoladi.
Baxtning eng chiroyli tomoni esa — uni yolg‘iz emas, birga his qilish. ❤️

Siz uchun munosabatlarda nima muhimroq: pul va sovg‘alarmi yoki e’tibor va mehrmi?

21/08/2026

Ba’zi odamlar siz ulardan biror narsa so‘rasangiz, buni darrov qarzdek qabul qiladi. Yordam bersa ham, bundan norozi ekanini bildirib turadi. Vaqt o‘tib, siz: “Men juda ko‘p narsa so‘rayapmanmi?” deb o‘ylay boshlaysiz. Hatto oddiy e’tibor va mehr ham sizga ortiqcha talabdek tuyuladi.

Ammo shunday insonlar ham borki, siz aytmasangiz ham sizni tushunadi. Yoningizda bo‘lishga, vaqt ajratishga va yordam berishga chin dildan harakat qiladi. Buni majburiyat deb emas, sizni qadrlagani uchun qiladi.

Shuning uchun gap kim ko‘proq narsa qilayotganida emas. Muhimi — kim sizni yuk deb hisoblashida emas qadrlashida.

Sog‘lom munosabatda muhabbat bor lekin o‘zingizni yo‘qotish yo‘q. Biror insonni sevish — har doim yon berish, hamma nars...
20/08/2026

Sog‘lom munosabatda muhabbat bor lekin o‘zingizni yo‘qotish yo‘q. Biror insonni sevish — har doim yon berish, hamma narsaga chidash yoki o‘zingizni ikkinchi o‘ringa qo‘yish degani emas. Munosabatda ikki tomonning ham hislari, ehtiyojlari va chegaralari muhim. O‘zingizni qadrlagan holda sevish ham mumkin. ❤️

Sizningcha, sog‘lom munosabatning eng muhim sharti nima? 💭

19/08/2026

Ba’zan insonga muammosiga yechim yoki maslahat berishdan ko‘ra, avvalo uni tushunish kerak bo‘ladi. 🤍

“Buni qil”, “bunday o‘ylama” deyish o‘rniga, uni tinglash va boshdan kechirayotgan og‘riqlarni tushunishga harakat qilish kerak xolos.

Chunki ba’zida yechim emas shunchaki “Sani tushunaman, bu san uchun oson emas” degan so‘zning o‘zi yetarli bo‘ladi. 🫂

18/08/2026

Ba’zi munosabatlar asalga o‘xshaydi: shirin, ammo zararli. 🐻🍯

Sizni ranjitadi, charchatadi, o‘zingizdan uzoqlashtiradi. Ammo vaqti-vaqti bilan keladigan mehr, uzr, quchoq yoki “seni sevaman” degan so‘zlar yana qaytishingizga sabab bo‘ladi.

Chunki inson ba’zan munosabatning o‘ziga emas, hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga bo‘lgan umidga bog‘lanib qoladi.

“U o‘zgaradi.”
“Chidasam, hammasi tuzaladi.”
“Shuncha yilim bekorga ketmasin.”

Shu tariqa janjal, xafagarchilik, yarashish va mehrdan iborat bir aylana takrorlanaveradi.

Ammo o‘zingizdan so‘rab ko‘ring:

“Men bu munosabatda hozir o‘zimni qanday his qilyapman?”

Chunki ba’zida ketish — sevgining yo‘qligi emas o‘zingizni sevishni tanlashdir. 🤍

💬 Sizningcha, inson zararli munosabatdan eng ko‘p nimasi uchun voz kecha olmaydi?

Ba’zan o‘zingizni yaxshiroq tushunish uchun his-tuyg‘ularingizni tinglash kifoya. 🤍 Siz qaysi holatni ko‘proq his qilasi...
17/08/2026

Ba’zan o‘zingizni yaxshiroq tushunish uchun his-tuyg‘ularingizni tinglash kifoya. 🤍

Siz qaysi holatni ko‘proq his qilasiz?

Izohlarda yozing. 👇

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Psixologiya Dunyosi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share

Category