Medicover

Medicover ООО «Medicover» является официальным дистрибьютором Компании "Medtronic" в Узбекистане

06/07/2026

🔥 Uyqu arteriyalarini stentlash amaliyoti!

📌 Bemor: 82 yoshda

🩺 Ultratovush diagnostikasi: Chap uyqu arteriyasida 60-65% darajadagi stenoz va nostabil aterosklerotik pilakcha aniqlandi, emboliya xavfi juda yuqori. Qon oqimi tezligi: 165 mm/s

📍 Sinomed MD International Hospital

✅ Amaliyot: Chap uyqu arteriyasida Medtronic kompaniyasida (AQSH) ishlab chiqarilgan Protege RX karotid stenti (8х6–40 mm) yordamida stentlash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

👍 Amaliyot endovaskulyar jarroh t.f.n. Anton Andreevich Xilchuk .uz jamoasi tomonidan bajarildi.

30/06/2026

⚡️ Murakkab neyrovaskulyar amaliyot!

🏥 Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi jarrohlari:
👨‍⚕️ T.F.D. Mahkamov Mahkam Kozimovich
👨‍⚕️ T.F.N. Tursunov Sardor Baxtinurovich
👨‍⚕️ Oliy toifali neyrojarroh Djalalov Farrux Ziyavutdinovich

hamda 🇰🇿 Qozog‘istonlik oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich hamkorligida:

🧠 Bemorda Bosh miya qon tomirida aniqlangan torayish intrakranial stentlash usuli yordamida muvaffaqiyatli kengaytiirldi.

✅ Intrakranial stentlash — miya tomirlaridagi torayishni minimal invaziv usulda davolash bo’lib, bu amaliyot orqali bemorda bosh miya qon oqimini tiklab, insult xavfini kamaytirish.

04/06/2026

🫀Yurak stimulyatsiyasida yangi davr!

🔥Medtronic kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Conduction System Pacing (CSP)" xalqaro oʻquv kursida mamlakatimizning yetakchi shifokor-aritmologlari faol ishtirok etib qaytishdi.

📍2026-yil 20-21-aprel kunlari, Astana shahridagi nufuzli "University Medical Center" (UMC) klinikasi.

🎓 Mashgʻulotlar tajribali proktorlar – UMC Aritmologiya boʻlimi rahbari Dr. Omirbek Nuralinov, kardioxirurg Dr. Yerlan Turubayev hamda xalqaro ekspert Dr. Nicolay Neminuschiy boshchiligida yuqori saviyada tashkil etildi.

💡 Kurs davomida aritmologlar LBBAP (Chap oyoqcha tarmogʻini stimulyatsiya qilish): Medtronic elektrodlari yordamida zamonaviy stimulyatorlarni xavfsiz va samarali implantatsiya qilish sirlari o'rgatildi. Shuningdek,murakkab va bradiaritmologik bemorlarda oʻtkazilgan operatsiyalarni bevosita kuzatish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Maxsus simulatorlarda va pat-modellarda elektrodni toʻgʻri burash (Screw-in) hamda asoratlarni oldini olish boʻyicha yuqori darajadagi amaliy koʻnikmalar bajardilar.

🇺🇿 Oʻzbekistonlik mutaxassislar eng soʻnggi CSP tushunchalari, EGM/EKG kriteriyalari va implantatsiya muvaffaqiyati koʻrsatkichlari boʻyicha eng ilgʻor bilimlarni oʻzlashtirdilar. Olingan ushbu jahon standartlaridagi tajriba tez orada yurtimizdagi yurak xastaliklari bilan ogʻrigan bemorlarimiz salomatligini tiklashda tatbiq etiladi!

05/05/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyotlar

🫀 Yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO) bor bemorlarda endovaskulyar usulda stentlash amaliyotlari muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyotlar Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov va Rossiyalik ekspert Anatolii Larionov hamda interventsion kardiolog Muzaffar Jo‘raliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan amalga oshirildi.

🤝 Bu nafaqat amaliy muvaffaqiyat, balki tajriba almashinuvi va bilimlar integratsiyasining yorqin namunasi bo‘ldi.

30/04/2026

🔥 Murakkab koronar amaliyotlar

🫀 Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazida yurakning koronar arteriyalaridagi ko‘p tomirli zararlanishlar va surunkali to‘liq okklyuziyalar (CTO)da endovaskulyar usulda stentlash amaliyotilari muvaffaqiyatli bajarildi.

⚡️Amaliyotlar Avstraliyadan🇦🇺 tashrif buyurgan xalqaro ekspert, interventsion kardiolog, The Prince Charles Hospital yurak kateterizatsiyasi bo‘limi direktori Rustem Dautov hamda T.F.N. Tursunov Sardor Baxtinurovich, PhD Alimxanov Bexzod Shuxratovich tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

27/04/2026

🧠 Murakkab neyrovaskulyar amaliyot — muvaffaqiyatli yakunlandi!

📍Ilk bor «Sinomed MD» klinikasida Endovaskulyar.uz jamoasi hamda Qozog‘istonlik oliy toifali neyrojarroh Berdixodjayev Minjilqi Saylauovich bilan hamkorlikda murakkab neyrovaskulyar jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

✅ Ayol bemorda Medtronic kompaniyasining Pipeline Shield oqimni yo‘naltiruvchi stenti yordamida bosh miya anevrizmasini endovaskulyar yo‘l bilan embolizatsiya qilish amaliyoti muvaffaqiyatli bajarildi.

☝🏼 Pipeline Shield — bu bosh miya anevrizmalarini davolashda zamonaviy yondashuv bo‘lib, u qon oqimini anevrizma bo‘shlig‘idan normal qon tomir yo‘liga yo‘naltiradi. Bu esa anevrizma ichidagi bosimni kamaytirib, uning tabiiy tarzda yopilishiga imkon yaratadi.



🧠 Сложная нейроваскулярная операция — успешно завершена!

📍Впервые в клинике «Sinomed MD» команда Endovaskulyar.uz в сотрудничестве с нейрохирургом высшей категории из Казахстана — Бердиходжаевым Мынжылкы Сайлауовичем — успешно провела сложное нейроваскулярное вмешательство.

✅ У пациентки успешно выполнена эндоваскулярная эмболизация аневризмы головного мозга с использованием потокоперенаправляющего стента Pipeline Shield компании Medtronic.

☝🏼 Pipeline Shield — это современный метод лечения аневризм головного мозга. Он перенаправляет кровоток из аневризмы в нормальное сосудистое русло, снижая давление внутри неё и способствуя её естественному закрытию.

20/04/2026

⚡️Stent-graft implantatsiyasi (EVAR) — bu kichik yo'l orqali, katta kesma va umumiy narkozsiz qorin aortasidagi anevrizmani tez va samarali yopishga imkon beruvchi jarrohlik amaliyotidir.

🗣 Videoda qorin aortasida katta anevrizma aniqlangan navbatdagi bemor operatsiya qilingan. Anevrizma har qanday vaqtda yorilib ketishi mumkin edi. Shu sababli Medtronic kompaniyasining protezi yordamida miniinvaziv endoprotezlash amaliyotini o‘tkazishga qaror qilindi.

🤝 Jarrohlar jamoasi t.f.n., endovaskulyar jarroh A. A. Xilchuk boshchiligida qorin aortasiga Endurant II stent-graftini muvaffaqiyatli implantatsiya qildi. Amaliyot umumiy narkozsiz, mahalliy anesteziya ostida bajarildi.

———————

🇷🇺 Имплантация стент-графта (EVAR) - это минитравматичная операция, позволяющая быстро и без большого разреза и общего наркоза ЗАКРЫТЬ аневризму брюшной аорты.

🗣На видео прооперирована очередная пациентка с крупной и сложной АНЕВРИЗМОЙ в брюшной аорте. Аневризма могла разорваться в любую минуту! Было принято решение о выполнении миниинвазивного эндопротезирования с имплантацией протеза от Medtronic.

🤝 Команда хирургов .intervention во главе с к.м.н. эндоваскулярным хирургов Хильчуком А. А. .khilchuk имплантировали стент-графт в брюшную аорту, предварительно модифицировав под размеры аорты. Всё прошло без общего наркоза, под местной анестезией.

Подобные операции доступны в Ташкенте и Узбекистане и выполняются опытными хирургами из Узбекистана и зарубежья.

15/04/2026

⚡️ Qorin aortasini endovaskulyar protezlash amaliyoti (EVAR)

📍 Ezgu Niyat klinikasi

Minimal invaziv, katta kesmalarsiz, umumiy narkozsiz!

🩺 Stent-graft implantatsiyasi (EVAR) — qorin aortasidagi xavfli anevrizmalarni yopishda zamonaviy va xavfsiz yechim hisoblanadi. Ushbu usul orqali bemor tezroq sog‘ayadi va asoratlar xavfi kamayadi.

✅ Ushbu jarrohlik amaliyoti Rossiyalik mutaxassis Xafizov Timur va endovaskulyar jarroh Muzaffar Jo’raliyev boshchiligidagi jamoa tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.

Address

Улица 1-проезд Олмачи, д. 27
Tashkent
100060

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998951466867

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Medicover posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Practice

Send a message to Medicover:

Shortcuts

Share