Salom hayot

Salom hayot Contact information, map and directions, contact form, opening hours, services, ratings, photos, videos and announcements from Salom hayot, Medical and health, Tashkent.

💪🏼 Sog‘lom hayot tarzi bir k***a shakllanmaydi. U har kuni takrorlanadigan kichik odatlardan boshlanadi.Eski odatlarni b...
24/08/2026

💪🏼 Sog‘lom hayot tarzi bir k***a shakllanmaydi. U har kuni takrorlanadigan kichik odatlardan boshlanadi.

Eski odatlarni birdaniga butunlay o‘zgartirish qiyin. Shuning uchun ularni asta-sekin foydali odatlarga almashtirib boring:
🔸Fast food o‘rniga - muvozanatli ovqatlanish
🔸Shirin ichimliklar o‘rniga - ko‘proq suv
🔸Kam harakat o‘rniga - har kuni ko‘proq yurish
Kech uxlash o‘rniga - muntazam uyqu rejimi
🔸Telefonda ko‘p vaqt o‘tkazish o‘rniga - faol dam olish
🔸Har kuni shirinlik o‘rniga - foydali gazaklar

🌱 Birgalikda yangi odatlar sari qadam bosamiz va sog‘lom hayot tarzini boshlaymiz!

#зож

Sog‘lom turmush tarzi uchun foydali ilovalar 📱📌 Muhimi - muntazamlik va k***alik nazorat, bunda foydali ilovalar yaxshi ...
21/08/2026

Sog‘lom turmush tarzi uchun foydali ilovalar 📱

📌 Muhimi - muntazamlik va k***alik nazorat, bunda foydali ilovalar yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkin. Ilova siz uchun odatni shakllantirmaydi, u sizga eslatadi, kuzatadi va natijangizni ko‘rsatadi.

❗️Kichik odatlarni har kuni takrorlash orqali ular vaqt o‘tishi bilan hayot tarzingizning bir qismiga aylanishi mumkin.

#зож

Sog‘lom hayot - bu bir kunlik tanlov emas, balki har kuni qilinadigan to‘g‘ri odatlar yig‘indisidir. O‘zingizga sarmoya ...
27/07/2026

Sog‘lom hayot - bu bir kunlik tanlov emas, balki har kuni qilinadigan to‘g‘ri odatlar yig‘indisidir. O‘zingizga sarmoya kiriting va natijasini har kuni his qiling 💚

📌 Karuselni oxirigacha ko‘ring va qaysi vitamin yoki mineral yetishmayotgan bo‘lishi mumkinligini bilib oling! #зож     ...
14/07/2026

📌 Karuselni oxirigacha ko‘ring va qaysi vitamin yoki mineral yetishmayotgan bo‘lishi mumkinligini bilib oling!

#зож

🗣️ Ko‘pchilik yog‘ faqat ko‘p ovqat yegandan to‘planadi deb o‘ylaydi. Aslida esa yog‘ to‘planishiga eng katta ta’sir qil...
13/07/2026

🗣️ Ko‘pchilik yog‘ faqat ko‘p ovqat yegandan to‘planadi deb o‘ylaydi. Aslida esa yog‘ to‘planishiga eng katta ta’sir qiladigan omillardan biri - mahsulotlarning tarkibi va ularning organizmga ta’siri hisoblanadi.

💡 Qiziqarli fakt: Shirin ichimlikdagi kaloriyalar organizmda “suyuqlik” sifatida qabul qilinadi, shuning uchun miya ularni oddiy ovqatdek to‘yimlilik sifatida sezmaydi. Natijada odam ko‘proq ovqat yeyishi mumkin.

📌 Lekin oqsil va tolaga boy mahsulotlar ochlikni nazorat qilishga yordam beradi, bu esa kaloriyani kamaytirishni osonlashtiradi.

📌 Qorin dam bo‘lishi har doim ham oshqozon muammosi emas. Ko‘pincha bu iste’mol qilgan ovqatimizga bo‘lgan tabiiy reaksi...
07/07/2026

📌 Qorin dam bo‘lishi har doim ham oshqozon muammosi emas. Ko‘pincha bu iste’mol qilgan ovqatimizga bo‘lgan tabiiy reaksiya hisoblanadi.

Qiziqarli faktlar:
✅ ichak mikroflorasi qanchalik sog‘lom bo‘lsa, u kletchatkani shunchalik samarali qayta ishlaydi. Shu sababli ratsionga ko‘proq sabzavot va dukkaklilar qo‘shilganda, organizm moslashguncha vaqtinchalik qorin dam bo‘lishi kuzatilishi mumkin.
✅ ko‘pincha qorin dam bo‘lishiga ovqatning o‘zi emas, uni qanday iste’mol qilishimiz sabab bo‘ladi. Shoshilib ovqatlanish, ovqat paytida gaplashish, ichimlikni trubochka orqali ichish yoki bir martada juda ko‘p ovqat yeyish natijasida ko‘proq havo yutiladi.

🔸Qorin dam bo‘lishiga ko‘proq sabab bo‘ladigan mahsulotlar:
• Dukkaklilar (loviya, no‘xat, yasmiq)
• Oq karam, brokkoli va gulkaram
• Piyoz va sarimsoq
• Gazlangan ichimliklar
• Shirinliklar va shakar o‘rnini bosuvchi moddalar (sorbit, ksilit)
• Sut mahsulotlari (agar laktozaga sezuvchanlik bo‘lsa)
• Juda sho‘r taomlar va fastfud

Kichik, ammo foydali odatlar katta natijalarga olib keladi.Har kuni ushbu foydali mahsulotlardan iste’mol qilishni odat ...
01/07/2026

Kichik, ammo foydali odatlar katta natijalarga olib keladi.

Har kuni ushbu foydali mahsulotlardan iste’mol qilishni odat qiling. Tez orada o‘zingizni yanada tetik, baquvvat va sog‘lom his qila boshlaysiz! 💚

🍎 Mevalar foydali, ammo me’yorida!Ko‘pchilik mevalarni istalgancha yeyish mumkin deb o‘ylaydi. Aslida esa, hatto foydali...
17/06/2026

🍎 Mevalar foydali, ammo me’yorida!
Ko‘pchilik mevalarni istalgancha yeyish mumkin deb o‘ylaydi. Aslida esa, hatto foydali mahsulotlarni ham ortiqcha iste’mol qilish organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

✅ Kuniga 2-3 porsiya meva iste’mol qilish va ularni muvozanatli ovqatlanish bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi.

💊 Vitaminlar ichishni boshladingizmi va natija qachon sezilishini kutyapsizmi? Ko‘pchilik vitaminlar bir necha k***a ta’...
09/06/2026

💊 Vitaminlar ichishni boshladingizmi va natija qachon sezilishini kutyapsizmi?

Ko‘pchilik vitaminlar bir necha k***a ta’sir qiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa organizmga vaqt kerak.
Avvalo uyqu, ovqatlanish va harakat. Vitaminlar esa bu asosni to‘ldiruvchi yordamchi vosita.

📌 Postni oxirigacha o‘qing va vitaminlardan natija qachon sezilishi mumkinligi haqidagi tayyor sxema bilan tanishing

🥦 Kletchatka - sog‘lom ovqatlanishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri.U ichak faoliyatini yaxshilaydi, hazm qilish ...
03/06/2026

🥦 Kletchatka - sog‘lom ovqatlanishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri.

U ichak faoliyatini yaxshilaydi, hazm qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi, uzoq vaqt to‘qlik hissini beradi va qondagi shakar miqdorini me’yorda ushlab turishga yordam beradi.

Katta yoshdagi inson uchun kunlik kletchatka normasi 25-35 grammni tashkil qiladi. Afsuski, ko‘pchilik bu me’yorning yarmiga ham yetmaydi.
Kletchatka miqdorini qanday oshirish mumkin?
✔️ Har bir ovqatga sabzavot qo‘shing.
✔️ Oqartirilgan mahsulotlar o‘rniga butun donli mahsulotlarni tanlang.
✔️ Haftasiga kamida 2–3 marta dukkakli mahsulotlar iste’mol qiling.
✔️ Chia yoki zig‘ir urug‘larini bo‘tqa va yogurtlarga qo‘shing.
✔️ Mevalarni foydali tamaddi sifatida iste’mol qiling.

Sizningcha, bir k***a qancha kletchatka iste’mol qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring! 👇

Address

Tashkent

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Salom hayot posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share