Kardiologiya Markazi

Kardiologiya Markazi Sog‘lom yurak — sog‘lom hayot! Zamonaviy kardiologiya va aniq diagnostika

🔴💚💚💚❗️N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinaturasiga qabul davom etmoqda🕒  Hujjat to...
28/07/2026

🔴💚💚💚

❗️N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinaturasiga qabul davom etmoqda

🕒 Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 25-iyul, soat 18:00 gacha.

📍 Qabul va imtihonlar

📌 Hujjat qabul qilish va kirish test sinovlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti tomonidan markazlashgan tartibda tashkil etiladi va kirish imtihonlari 2026-yil 29 va 31-iyul kunlari o‘tkaziladi.

📄 Qabul parametrlari, mutaxassisliklar ro‘yxati va qabul tartibi Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘i hamda uning ilovalarida belgilangan.

‼️ Muhim eslatma! N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinatura dasturlariga davlat granti asosida qabul qilingan nomzodlarning ta’lim (kontrakt) xarajatlari va stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

🌐 Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
➡️ https://gov.uz/oz/ssv/sections/view/195853
➡️ https://rsmu.ru/.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20...
28/07/2026

❗️2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi

✅ Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.

➡️ Hujjatlarni qabul qilish

🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.

🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.

‼️ Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.

📝 Kirish test sinovlari

▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust.

🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.

📂 Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:

🆔 shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

👎oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

📑 amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

🚑 SSV Matbuot xizmati.

21/07/2026
ПЕРВОЕ ГЕНЕТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ СЕМЕЙНОЙ ГИПЕРХОЛЕСТЕРИНЕМИИ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ С ПРИМЕНЕНИЕМ СЕКВЕНИРОВА...
20/07/2026

ПЕРВОЕ ГЕНЕТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ СЕМЕЙНОЙ ГИПЕРХОЛЕСТЕРИНЕМИИ
В УЗБЕКИСТАНЕ И ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
С ПРИМЕНЕНИЕМ СЕКВЕНИРОВАНИЯ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ

02/06/2026

Uyqudagi apnoe — uyqu vaqtida nafasning takroran to‘xtab qolishi bilan kechadigan kasallikdir. Bu holat qonda kislorod miqdorining pasayishiga va uyqu sifatining buzilishiga olib keladi. Bemorlarda qattiq xurrak otish, kunduzgi uyquchanlik, charchoq va diqqatning pasayishi kuzatiladi. Uyqudagi apnoe arterial gipertenziya, yurak ritmi buzilishlari, insult va boshqa yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfini oshiradi. Kasallikni o‘z vaqtida aniqlash va davolash muhim ahamiyatga ega. Uyqudagi apnoeni aniqlashda kardiorespirator monitoring va polisomnografiya asosiy diagnostika usullari hisoblanadi. Ushbu tekshiruvlar uyqu vaqtida nafas olish, qondagi kislorod darajasi, yurak ritmi va uyqu fazalarini baholash imkonini beradi.

SPAP (PAP-terapiya) uyqudagi apnoeni davolashning eng samarali usullaridan biridir. Maxsus apparat nafas yo‘llarida musbat bosim hosil qilib, ularning yopilib qolishining oldini oladi va uyqu sifatini yaxshilaydi

Kardiologiya Markazi
27/05/2026

Kardiologiya Markazi

📌 Kardiologiya sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda2026-yil 13–15-may kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Tibbiyotda t...
18/05/2026

📌 Kardiologiya sohasida xalqaro hamkorlik kengaymoqda

2026-yil 13–15-may kunlari Rossiyaning Qozon shahrida “Tibbiyotda ta’lim” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori hamda Qozon davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🤝 Kelishuv doirasida:
“Kardiologiya” mutaxassisligi bo‘yicha ordinaturada qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshiriladi.

✨ Bu qadam:

Ikki tomonlama ilmiy-ta’limiy aloqalarni kuchaytirishga;

Kardiolog mutaxassislar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga;

O‘zaro tajriba almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

📌 17-may — Butunjahon gipertenziya kuni!Gipertoniya — yurak-qon tomir kasalliklaridan o'limning asosiy sababidir. Statis...
14/05/2026

📌 17-may — Butunjahon gipertenziya kuni!
Gipertoniya — yurak-qon tomir kasalliklaridan o'limning asosiy sababidir. Statistikaga ko'ra, har yili 11 millionga yaqin inson aynan shu sababli vafot etadi.
❓ Nega bu xavfli?
Kasallik o'zini bildirmasligi mumkin, ammo u yurak, miya va buyraklarga zarba beradi. Asosiysi — gipertoniya biz nazorat qila oladigan omildir!
🎁 Sizni tadbirga taklif etamiz!
Shu munosabat bilan, 18-may kuni markazimizda gipertenziyadan aziyat chekuvchilar uchun bepul profilaktika tadbiri bo'lib o'tadi.
✅ Tadbirda:
• Malakali shifokorlar konsultatsiyasi;
• Miokard infarkti va insultning oldini olish bo'yicha maslahatlar;
• Sog'lom turmush tarzi bo'yicha suhbatlar.
📍 Manzil: Bizning markazimizda.
❤️ O'z sog'lig'ingizga befarq bo'lmang!

06/05/2026

🫀Yurak tez urishi har doim ham faqat charchoq yoki stress bilan bog‘liq emas. Ko‘pincha bu gormonal muvozanat buzilishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi

Qalqonsimon bez faoliyati kuchayganda yurak tez uradi, bosim o‘zgaradi, bezovtalik va holsizlik paydo bo‘ladi. Bu esa ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi.

Ayniqsa, quyidagi belgilar bilan birga bo‘lsa:
• ko‘krak sohasida noqulaylik
• nafas qisishi
• bosh aylanishi yoki holsizlik
• bosimning tez-tez o‘zgarishi
• ortiqcha terlash yoki vaznning sababsiz o‘zgarishi kuzatilsa

Bu holat endokrinologga zudlik bilan murojaat qilish kerakligini bildiradi.

📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 4-uy
☎️ +998 71 268 94 94
——
🫀Учащённое сердцебиение не всегда связано только с усталостью или стрессом. Часто это может быть связано с нарушением гормонального баланса.

При повышенной активности щитовидной железы сердце начинает биться быстрее, изменяется давление, появляются беспокойство и слабость. И это часто остаётся без внимания.

Особенно если сопровождается следующими симптомами:
• дискомфорт в области груди
• одышка
• головокружение или слабость
• частые перепады давления
• повышенная потливость или беспричинное изменение веса

Это указывает на необходимость срочно обратиться к эндокринологу.

📍 г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, улица Осиё, дом 4
☎️ +998 71 268 94 94

🫀 Ishemiya va infarkt o‘rtasidagi farq nimada?Ishemiya — bu yurakka qon kam borishi, natijada kislorod yetishmaydi. Bu b...
29/04/2026

🫀 Ishemiya va infarkt o‘rtasidagi farq nimada?

Ishemiya — bu yurakka qon kam borishi, natijada kislorod yetishmaydi. Bu bosqichda yurak hali jiddiy zararlanmagan bo‘ladi.

Infarkt — bu qon oqimi butunlay to‘xtab, yurak mushagining bir qismi nobud bo‘ladigan og‘ir holat.

🩺 Har ikkala holatning oldini olish uchun kardiolog ko‘rigidan muntazam o‘tib turish juda muhim.

📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 4-uy
☎️ +998 71 268 94 94
——
🫀 В чем разница между ишемией и инфарктом?

Ишемия — это состояние, когда к сердцу поступает недостаточно крови и кислорода. При этом сердечная мышца еще не повреждена.

Инфаркт — это более тяжелое состояние, при котором кровоток полностью прекращается, и часть сердечной мышцы погибает.

🩺 Чтобы избежать этих проблем, важно регулярно наблюдаться у кардиолога.

📍 г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Осиё, дом 4
☎️ +998 71 268 94 94

Address

Osiyo Ko'chasi 4
Tashkent
100052

Opening Hours

Monday 08:00 - 16:00
Tuesday 08:00 - 16:00
Wednesday 08:00 - 16:00
Thursday 08:00 - 16:00
Friday 08:00 - 16:00
Saturday 08:00 - 14:00

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Kardiologiya Markazi posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Shortcuts

Share